AsosiyJamiyat

O`zbekistonga koronavirusdan zararlangan bemorlarni tashish uchun maxsus reanimobillar olib kelindi

'O`zbekistonga koronavirusdan zararlangan bemorlarni tashish uchun maxsus reanimobillar olib kelindi'ning rasmi

Bugun yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish borasidagi ishlarni rivojlantirishga maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan 15 ta maxsus zamonaviy reanimobillarning olib kelindi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Ta`kidlash joizki, uch oydan ko`p vaqt davomida yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar davolanayotgan tibbiyot muassasalari barcha kerakli jihozlar bilan ta`minlangan.

Keltirilgan yangi maxsus reanimobillar esa bemorlarni transportirovka qilish sohasidagi kamchiliklarni to`liq bartaraf qilishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

E`tiborli jihati, ushbu reanimobillar defibrillyator, EKG va sun`iy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan bo`lib, bemorni bir manzildan tibbiyot muassasasiga etkazib borguncha uning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi.  

Shuningdek, bemorlarni tashishda tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta`minlash maqsadida reanimobillar biobokslar bilan ta`minlangan. Ushbu maxsus nasilkaning ustiga qilingan qoplamada darchalar bo`lib, ular orqali tibbiyot xodimi bemorga bemalol muolajalar o`tkazishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, 2017-2018 yillar mobaynida O`zbekiston tarixida birinchi marta tez tibbiy yordam xizmati uchun 1500 ta yangi ixtisoslashgan avtomashinalar xarid qilingandi.  

Joriy yilning yanvarida esa poytaxtimizning tez tibbiy yordam xizmati uchun xorijdan keltirilgan 150 ta “Ford” rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar topshirilgandi.  

    Boshqa yangiliklar