Yangi pasport uchun ariza berilgan, to`lovlar to`langan-u, ammo suratga tushilmagan. Bunday vaziyatda ham amaldagi pasport muddati tugagunga qadar suratga tushilmasa, jarima talab qilinadimi?
Sanjar QOSIMOV, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi markaz boshlig`i, mayor:
- Jarima talab qilinmaydi. Ammo agar yurtimizda eng kam ish haqining belgilangan miqdori o`zgarsagina, qo`shimcha to`lov amalga oshirilishi mumkin.
ESLATIB O`TAMIZ: 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi - oyiga 130 240 so`m qilib belgilangan.





