AsosiyJamiyat

Farg`onada yoqilg`i qo`yish shahobchasida fuqaroni ommaviy kaltaklagan bezorilarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Farg`onada yoqilg`i qo`yish shahobchasida fuqaroni ommaviy kaltaklagan bezorilarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

2020 yilning 04 iyul kuni soat 20:30 da 21 yoshli X.Sh., 24 yoshli B.R. va J.Sh., lar bir guruh bo`lib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, O`zbekiston tumani Do`stlarobod qishlog`ida joylashgan 38 yoshli Sh.F., ga tegishli bo`lgan AYoQShga kelishib, hech bir sababsiz fuqaro Sh.F., ni tanasining turli joylariga urib-do`pposlab hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Natijada tan jarohati olgan Sh.F. tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ishtirokchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar