Afina markazidagi biznes markazi kirishida ryukzakda joylashgan taymerli bomba portladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Portlash natijasida bino oynalari sinib ketgani aytilmoqda. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar va halok bo`lganlar yo`q.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, shaharning aholi aholi gavjum qismi ko`chalari oyna siniqlari bilan to`lgan. Portlash Gresiya parlamenti joylashgan Sintagma maydoni yaqinida yuz bergan. Maydonga yaqin joyda ko`plab kafe, bank va do`konlar joylashgani aytilmoqda.
Mahalliy gazetalardan biriga ushbu hududga bomba o`rnatilgani haqidagi anonim xabardan keyin polisiya voqea joyiga etib kelgan. Huquq-tartibot organlari xodimlarining so`zlariga ko`ra, bomba Gresiya partizan guruhlaridan biri tomonidan portlatilgan bo`lishi mumkin. Hozirda mazkur hudud o`rab olingan.
Bu bosh vazir Aleksis Sipras faoliyati boshlanganidan beri ilk portlash ekanligi ta`kidlanmoqda.
Eslatib o`tamiz, Sipras shu yilning 21 sentyabrida Gresiya bosh vaziri etib tayinlangan edi.





