1

“Sariq” hududda stikersiz yurgan avtomobilga jarima solinishi qonuniymi?

Jamiyat 08.07.2020, 13:37
“Sariq” hududda stikersiz yurgan avtomobilga jarima solinishi qonuniymi?

Fuqaro K.A. 2020 yil 6 iyun kuni o`ziga tegishli bo`lgan Neksiya rusumli avtomobilida soat 10:40lar atrofida Namangan shahar hududida harakatlanayotgan vaqtida to`xtatiladi. Namangan shahar hududida maxsus ruxsatnoma (stiker)siz harakatlanib, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risida”gi Qonunning 30-31-moddalari talablarini buzib, ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan degan vaj bilan DSENB Namangan shahar filiali inspektori tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasiga (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan unga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

K.A.ga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari (4 460 000 so`m) miqdorida jarima solish to`g`risida qaror qabul qilingan. Biroq, joriy yilning 6 iyun kuni Namangan shahar hududi sariq toifadagi hudud sifatida belgilangan hamda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 14 maydagi qaroriga asosan 2020 yil 18 maydan boshlab “sariq” toifadagi hududlarda soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan.

Adliya bo`limi tomonidan DSENBning ushbu qonunga zid qarorini bekor qilish to`g`risida TAQDIMNOMA kiritildi. Mazkur taqdimnomaga asosan DSENBning qarori bekor qilinib, ish yuritish tugatildi hamda fuqaro tomonidan to`langan 400 000 so`m jarima qaytarib berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1