1

Karantinda faoliyatlarini davom ettirishlari uchun qurilish ob`ektlariga ham bir necha shartlar qo`yildi

Jamiyat 08.07.2020, 14:04
Karantinda faoliyatlarini davom ettirishlari uchun qurilish ob`ektlariga ham bir necha shartlar qo`yildi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika bo`yicha karantin choralari kuchaytiriladi.  2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida, xususan sanoat va yirik qurilish ob`ektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berildi:

tegishli ob`ektlar hududi to`liq karantinga olinadi;

ob`ektlar hududida sanitariya va gigiena qoidalariga to`liq rioya etilishi ta`minlanadi;

sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob`ektlarda sanitariya-gigiena tadbirlari amalga oshirib boriladi;

ob`ektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash;

xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta`minlash.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1