AsosiyShou-biznes

Ozodbek Nazarbekov "kuzatuvimizda"!

Bizga ma`lumki, bugungi kunda aksariyat san`atkorlarimizning fan-klublari mavjud. San`atkorlar o`z fan-klub a`zolaridan asosan o`zining ijodiy yangiliklari targ`ibotchisi sifatida foydalanishadi. Ammo Ozodbek Nazarbekov bu borada o`z yondashuviga ega. Qanday deysizmi? Bu savolga javobni ashaddiy muxlislarini o`z qadrdoniday ko`radigan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning fan-klub a`zolarining feysbukdagi sahifasida muhrlangan quyidagi suratlardan topamiz.

Ma`lumot uchun: fan-klubning feysbukdagi sahifasi Ozodbek Nazarbekov - Zinnura Ishqibozlar KLUBI. Bu sahifaning 1000 dan ortiq kuzatuvchisi bor.

QADRI BALAND QADRDONLAR BILAN UChRAShUV

Ozodbek Nazarbekov - Zinnura Ishqibozlar KLUBIning 6 yillik tadbiridan lavhalar...

Ozodbek Nazarbekov qadrdonlar bilan 

Ozodbek Nazarbekov ijodi bilan birga yangi iste`dodlarni qo`llab-quvvatlashdan ham tolmayapti. Talablarga binoan “Intizorim” taronasi fan-klubning 6 yillik a`zosi, yangi sozanda bilan. 

Fan-klubning eng kichik a`zosi, haqiqiy muxlis Fazliddin. "Ozodbek akamni hamma qo`shiqlarini bilaman-u, faqat bittasini aytib beraman" deya «shartnoma» tuzdi-da, qo`shiqni boshladi. 

Ozodbek Nazarbekov 100 nafar muxlisning har biriga alohida e`tibor. San`atkorning dastxatlari bilan sovg`alar topshirildi

“Sochlarimni mayda o`rib qo`ying, ota!”

Darvoqe, san`atkorning veb-sahifalarini kuzatayotganimizda bir suratga ko`zimiz tushdi, bu sizlarni ham befarq qoldirmaydi. Shuncha ishidan ortgan Nazarbekov, qizalog`ining sochini ham mayda kokil qilib o`rab qo`yishga vaqt topibdi. Qoyil qolmasdan iloj yo`q! 

    Boshqa yangiliklar