SSV O`zbekistonda koronavirusning 42-qurboni haqida xabar qildi.
Uchtepa tumanida yashovchi 64 yoshli B.K. (erkak kishi) joriy yil 1 iyuldan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi reanimasiya bo`limida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabetning 2-turi, nafas etishmovchiligining 1-2-darajasi, shuningdek, surunkali buyrak etishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.
2 iyul kuni undan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. Oxirgi 8 yil davomida u parkinson kasalligi bilan dispanser nazoratida bo`lgan. Bundan tashqari, bemor 2019 yil 1 iyul kuni bosh miyada qon aylanishining o`tkir buzilishi ishemik turini ham o`tkazgan.
So`nggi kunlarda bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilganiga qaramasdan ahvoli keskin og`irlashgan.
Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga karamay bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.






