1

Yangi kasallanish holati e`lon qilindi. Ulardan deyarli yarim qismi aholi orasidan

Jamiyat 08.07.2020, 17:51
Yangi kasallanish holati e`lon qilindi. Ulardan deyarli yarim qismi aholi orasidan

2020 yil 8 iyul soat 17:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 982 (+144) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida (shundan 37 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 76 nafari aholi orasida), 9 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 22 nafari Samarqand viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida) aniqlangan.

 

Bugun Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 77 nafar bemor tuzaldi.

 

Shunday qilib, yurtimizda ayni paytgacha 6 888 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.  

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 4 052 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1