"O`zbekistonda kasallar soni 2-3 baravar ko`p bo`lishi mumkin"

Jamiyat 08.07.2020, 18:36
"O`zbekistonda kasallar soni 2-3 baravar ko`p bo`lishi mumkin"

AOKA shtabida bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar kunlik e`lon qilinayotgan statistikadan 2-3 baravarga ko`p bo`lishi mumkinligini bildirdi. 

«Bugungi ko`rsatkich – bu biz bilgan statistika. Hali qancha tahlilga etib bormagan, simptomsiz yurgan kasallar soni 2-3 baravar ko`p bo`lishi mumkin.

Avvalida PZR tahlil o`tkazishda muammo yo`q edi. Hozir kuniga 20-22 mingta tahlil o`tkazilgandayam talab darajasiga etkazib berolmayapmiz.  

Avval 5-6 soatda javobi chiqqan bo`lsa, hozir yig`ilib qolgan tahlil namunalari natijasida javoblarni olishga 2-3 kun, 1 haftagacha vaqt ketyapti. Bu vakt ichida bemor xalqni ichida yurib, kasallanish ko`payishiga sabab bo`lyapti»,  — dedi Habibulla Oqilov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1