1

Imtihonlar onlayn bo`lmaydi — DTM

Jamiyat 08.07.2020, 19:16
Imtihonlar onlayn bo`lmaydi — DTM

Bugun, 8 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Mazkur matbuot anjumanidan so`ng turli manbalarda davlat oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo`lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

DTM axborot xizmati ta`kidlashicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son «Oliy ta`lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o`tkazishning aniq muddatlari O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi shaklda, katta sig`imli binolarda, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilgan holda o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 Davlat oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish imtihonlarini o`tkazish tartibi o`zgarmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1