1

O`zbekistonga qaytish uchun 2 mingdan ortiq vatandoshimiz Rossiya-Qozog`iston chegarasida to`plandi

Jamiyat 08.07.2020, 19:22
O`zbekistonga qaytish uchun 2 mingdan ortiq vatandoshimiz Rossiya-Qozog`iston chegarasida to`plandi

 Rossiya-Qozog`iston chegarasidagi «Mashtakovo» nazorat-o`tkazish punkti yaqinida va Orenburg viloyati Buzuluk shahrida mos ravishda 1300 va 700 dan ortiq vatandoshlar to`plangan. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Moskvadagi elchixonasi tomonidan fuqarolarning «Mashtakovo» nazorat-o`tkazish punktiga borishga urinmasliklari, hozirda bo`lib turgan joylarida qolishlari va barcha karantin choralariga qat`iy rioya etishlari to`g`risida berilgan ko`p sonli ogohlantirishlarga qaramay, Qozog`iston hududi orqali avtotransport vositalarida vatanga qaytish maqsadida fuqarolar Rossiya-Qozog`iston davlatlararo chegarasi yaqinida to`planishni davom ettirmoqdalar.

Mintaqada koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyatning keskin yomonlashishi, Qozog`istonda qat`iy karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan fuqarolarning qo`shni davlatlar hududi orqali qaytishi tashkiliy va boshqa qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda, ayniqsa fuqarolarning sog`lig`i uchun jiddiy xavf tug`dirmoqda.

Ushbu holatni yurtdoshlarimizga tushuntirish maqsadida, mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi va Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi rahbarlari fuqarolar to`plangan joyga kelishdi.

Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, Rossiya hududida bo`lib turgan fuqarolarimizdan cheklov choralariga to`g`ri baho berishlarini, Rossiya-Qozog`iston davlatlararo chegarasini kesib o`tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo`lib turgan joylarida qolishlarini va o`zlarining va atrofdagilarning sog`lig`ini xavf ostiga qo`ymasliklarini yana bir bor so`raymiz.

O`zbekiston fuqarolari charter reyslarini tashkil etish bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan hamda muntazam «sariq» va «yashil» reyslar qayta tashkil etilishiga ko`ra vatanga qaytadilar.

O`zbekiston fuqarolari Rossiyadan charter reyslarida, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq olib chiqilishini eslatib o`tamiz, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1