AsosiyJamiyat

Charter reyslari jadvaliga o`zgartirish kiritildi

'Charter reyslari jadvaliga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Transport vazirligi maxlum qilishicha charter reyslarning muntazamligini ta`minlash, ushbu jarayonda uchuvchilar va bort kuzatuvchilarining xavfsizligini ta`minlash, ekipaj a`zolarini har bir reysdan so`ng kuchaytirilgan tartibda tibbiy ko`rikdan o`tkazish chora-tadbirlari ko`rilmoqda. 

Shu maqsadda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan navbatdagi reysga qadar o`z-o`zini izolyasiyalash, shuningdek, xorijiy davlatlar tomonidan parvozlarni amalga oshirishga qo`yilayotgan vaqtinchalik cheklov choralaridan kelib chiqqan holda so`nggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslari jadvali qayta ko`rib chiqildi.  

6 – 19 iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

6 iyul Seul – Toshkent – Seul  (Asiana airlines)  

6 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)  

7 iyul Toshkent – Istanbul – Toshkent  (Uzbekistan Airways)  

8 iyul Toshkent – Seul – Toshkent  (Uzbekistan Airways)  

8 iyul Minsk – Toshkent – Minsk (Belavia)  

10 iyul Seul – Toshkent – Seul  (Korean airlines)  

12 iyul Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg (Rossia)

13 iyul Seul – Toshkent – Seul  (Asiana airlines)

13 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)

15 iyul Moskva – Toshkent – Moskva  (Ural airlines)

16 iyul Istanbul – Toshkent – Istanbul (Turkish airlines)

16-17 iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways)  

19 iyul Toshkent – Vladivostok – Toshkent (Uzbekistan Airways)

 

 

Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi mamlakatimiz fuqarolarini O`zbekistonga olib kelish maqsadida talab yuqori bo`lgan yo`nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko`paytrish choralari ko`riladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar