1

Avtotransport vositalari harakati bo`yicha cheklovlar tasdiqlandi: jamoat transportlari to`xtatiladi, stikerli mashinalarning harakat vaqti beligilandi

Jamiyat 09.07.2020, 04:56
Avtotransport vositalari harakati bo`yicha cheklovlar tasdiqlandi: jamoat transportlari to`xtatiladi, stikerli mashinalarning harakat vaqti beligilandi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e`tiboran respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash bo`yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilmoqda:

*  Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) to`xtatiladi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno);

* jamoat transporti harakati to`xtatiladi;  

*  avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.  

Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya etish talab etiladi;

 viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yo`l patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va to`siq postlar faoliyati ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuchlarini hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillarini jalb qilgan holda kuchaytiriladi.  

Karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor ko`rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo`llaniladi.  

 Shu bilan birga ruxsatnomasi mavjud bo`lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida karantin talablarni buzgan shaxslarga ma`muriy javobgarlik choralari qo`llanilishi hamda avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi nazarda tutildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1