AsosiyJamiyat

Buxoroda 40 yoshli Afg`oniston fuqarosi koronaviursdan vafot etdi

'Buxoroda 40 yoshli Afg`oniston fuqarosi koronaviursdan vafot etdi'ning rasmi

SSVning xabar berishicha, Afg`oniston davlati fuqarosi 40 yoshli M.H. (erkak) koronaviursdan vafot etdi. 

Uni 2-3 kun davomida yo`tal va tana harorati ko`tarilishi bezovta qilgan.  

21 iyun kuni tez tibbiy yordam chaqirtirilib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

 

Bemorga “SOVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniyaning o`ta og`ir kechishi, nafas etishmovchiligining 3-darajasi, yurak etishmovchiligi tashxisi qo`yilgan.

 

Shifoxonada bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

 

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar