2020 yil 9 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 259 (+167) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 64 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 58 nafari aholi orasida), 3 nafari Farg`ona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 9 nafari Namangan viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 16 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 7 060 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 4 152 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 31 nafari og`ir, 12 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






