1

Senatda yangi qonun muhokamasi bo`lib o`tdi

Jamiyat 09.07.2020, 12:16
Senatda yangi qonun muhokamasi bo`lib o`tdi

8 iyul kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi Ishchi guruhi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda Senat a`zolari, ekspertlar guruhi hamda bir qator manfaatdor vazirlik va idoralar mas`ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yig`ilishda “O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Ta`kidlanganidek, Qonun O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Mazkur Qonunning qabul qilinishi bir necha ob`ektiv sabablar bilan bog`liq.

Jumladan, amaldagi 1996 yilda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to`g`risida”gi Qonun O`zbekiston Respublikasida ma`muriy-hududiy tuzilish masalalarini tizimli hal etishni ta`minlay olmaydi.

Qolaversa, O`zbekiston Respublikasida ma`muriy-hududiy tuzilish masalalari bo`yicha takliflarni davlat ekspertizasidan o`tkazish tartib-taomillari ishlab chiqilmagan va tartibga solinmaganligi, bu esa o`z navbatida mazkur masalalarda chuqur tahlil qilinmagan qarorlarning qabul qilinishiga zamin yaratib kelayotganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, amaldagi Qonunda davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining vakolatlari va vazifalari aniq belgilab berilmagan, to`g`ridan-to`g`ri amal qiluvchi normalar belgilanmagan. Ahamiyatlisi, amaldagi Qonun qabul qilinganda 31 moddadan iborat bo`lgan va ulardan bugungi kunda 15 tasi turli sabablarga ko`ra o`z kuchini yo`qotgan.

Muhokama qilingan mazkur yangi Qonun bir qator muhim asosiy qoidalarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xususan, unda hududiy tuzilish masalalari bo`yicha qaror qabul qilishda davlat organlarining vakolatlari va vazifalari aniq belgilab qo`yilmoqda.

O`zbekiston Respublikasida ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo`yicha takliflarni davlat ekspertizasidan o`tkazish mexanizmlari o`rnatilib, mazkur masalalarda maxsus kommissiyalar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish huquqiy normalar asosida belgilanmoqda.

Shuningdek, majlisda ushbu Qonun O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilish masalalari bilan bog`liq munosabatlarni to`g`ridan-to`g`ri amal qiluvchi normalar orqali qonuniy tartibga solishga xizmat qilishi ta`kidlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1