1

Yuqori natija ko`rsatgan maktab direktorlari yuqori lavozimlarga va mukofotlarga tavsiya etiladi, past natija ko`rsatgan direktorlarning esa lavozimga loyiqligi ko`rib chiqiladi

Jamiyat 09.07.2020, 12:57
Yuqori natija ko`rsatgan maktab direktorlari yuqori lavozimlarga va mukofotlarga tavsiya etiladi, past natija ko`rsatgan direktorlarning esa lavozimga loyiqligi ko`rib chiqiladi

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida o`tkazilgan navbatdagi videoselektor yig`ilishida joylarda rahbar kadrlar bilan ishlash bo`yicha asosiy vazifalar muhokama qilindi.  Xalq ta`limi vazirligi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarning tahlili va bu borada amalga oshirilgan ishlar, nomzodlarni tavsiya etish bo`yicha yo`l qo`yilgan kamchiliklar alohida tanqidiy ruhda tahlil qilindi.  

Sherzod Shermatov xalq ta`limi sohasida muammolarning tizimli ravishda hal qilinib, yuqori natijalarga erishilishida munosib kadrlarni tanlash va tayinlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidladi.

Bugungi kunda Xalq ta`limi vazirligi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar viloyat boshqarmalari tomonidan malakali mutaxassislar bilan etarli darajada ta`minlanmayotganligi, ish.uzedu.uz portali yo`lga qo`yilgan bo`lsada, joylarda nomzodlar ochiq mustaqil tanlov orqali shaffof tarzda saralab olinmayotganligi kabi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.

Xususan Xalq ta`limi vazirligi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar bo`yicha jami 46 ta, shundan 35 ta tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limi mudiri, hududiy xalq ta`limi boshqarmalarida 11 ta rahbarlik lavozimlari vakant hisoblanadi, 24 ta lavozimga tavsiya etilgan nomzodlar o`rganilmoqda.

Yig`ilishda, noloyiq nomzod berish bilan chegaralanib qolayotgan hududiy rahbarlar faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

Xususan, tegishli lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning faoliyatini yuzaki o`rganish, hamda birorta bitiruvchisi oliy ta`lim muassasalariga kirmagan maktab direktorini tuman xalq ta`limi bo`limi rahbari lavozimiga tavsiya etish holatiga yo`l qo`ygani uchun Surxondaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi rahbari Ilhom Safarovga hayfsan e`lon qilindi.  

Barcha hududiy boshqarmalar bunday holatlarga yo`l qo`ymasliklari bo`yicha qat`iy ogohlantirildi, jumladan rahbar kadrlar bilan ishlashda quyidagilarga alohida e`tibor qaratish ta`kidlandi:

1) Yuqori natija ko`rsatgan maktab direktorlari yuqori lavozimlarga zahiraga olinadi hamda tizimli ravishda soha va davlat mukofotlariga tavsiya etiladi. Xususan, 50 foizdan yuqori bitiruvchisi oliy ta`lim muassasalariga kirgan direktorlar Xalq ta`limi vazirligining o`ziga xos “oltin zahirasi”ga kiritaladi va ularni hech kim Vazirlik bilan kelishmasdan ishdan ozod eta olmaydi.

2) Past natija ko`rsatgan maktab direktorlari, xususan, birorta bitiruvchisi oliy ta`lim muassasasiga kirmaganlari lavozimiga loyiqlik masalasi ko`rib chiqiladi. Aynan shunday maktablarga tuman rahbarlari ko`proq borib, muammolarni o`rganib, ularni natijalarini yaxshilashga harakat qilishi kerak.  

Yig`ilishda respublikamiz umumta`lim maktablarida qizg`in davom etayotgan 2020-2021 o`quv yili uchun 1-sinfga o`quvchilarni qabul qilinish jarayonida karantin qoidalariga rioya etish, korrupsiya holatlarini oldini olish masalalariga alohida e`tibor qaratish ham topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1