STATISTIKA: O`zbekistonda qancha odam pensiya oladi?

Jamiyat 09.07.2020, 13:11
STATISTIKA: O`zbekistonda qancha odam pensiya oladi?

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mamlakatimizda pensiya va nafaqa oluvchilarning sonini e`lon qildi.

Bu haqda jamg`arma matbuot xizmati xabariga ko`ra, 2020 yil 1 may holati bo`yicha Pensiya jamg`armasi hisobida turuvchi pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 million 734 ming 230 nafarni tashkil qilmoqda.

Hududlar kesimida hisoblanganda ularning eng ko`p – 13,3 foizi Toshkent shahriga, 12,3 foizi Navoiy viloyatiga to`g`ri keladi. Bu ko`rsatkich Toshkent, Buxoro, Farg`ona, Sirdaryo, Andijon, Xorazm viloyatlarida 11 foiz va undan ko`proqni tashkil qiladi. Boshqa hududlarda esa 9 foizdan 10 foizgacha.

Eslatib o`tamiz, bugungi kunda pensiyalarning o`rtacha miqdori 747 ming 480 so`mni tashkil etmoqda. 1991 yil 1 yanvardagi ma`lumotda 2 million 158 ming 995 nafar pensiya va nafaqa oluvchi qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1