1

Poytaxtda yangi Sall-markazi ish boshlaydi

Jamiyat 09.07.2020, 15:30
Poytaxtda yangi Sall-markazi ish boshlaydi

Koronavirus pandemiyasi tobora avj olayotganligi sababli unga qarshi kurash va kasallikdan himoyalanish tadbirlarini kuchaytirish bugunning eng muhim va dolzarb tadbirlaridan biridir.

Yurtimizda joriy etilgan karantin cheklovlari doirasida Toshkent shahar hokimligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan ta`minlovchi, ular haqida ma`lumotni o`rganib turuvchi Call-markazining faoliyati yo`lga qo`yilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Call-markazi uy va shifoxona sharoitida COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila a`zolariga tezkor va aniq axborot ko`magini berish hamda ular bilan axborot almashinishga qaratilgan.

Boshqa toifaga kiruvchi fuqarolar, ya`ni o`zida boshqa kasallik alomatlarini sezayotgan, koronavirus infeksiyasiga chalinganlikda shubhada bo`lgan yurtdoshlarimiz 1003 qisqa raqamiga, turar joylari bo`yicha tibbiyot muassasalariga, oilaviy poliklinikaga murojaat qilishlari so`raladi.

Tashkil etilayotgan Call-markaziga 10 iyul kuni soat 9:00 dan 1 avgust kuniga qadar 1105 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Sall-markazi 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1