7 soatda O`zbekistonda 3 ta hududdan yana 188 kishida virus aniqlandi

Jamiyat 09.07.2020, 17:01
7 soatda O`zbekistonda 3 ta hududdan yana 188 kishida virus aniqlandi

2020 yil 9 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 447 (+188) nafarni tashkil etmoqda.

 

🔴Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida), 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 24 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

 

❗️Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzaldi.

 

❗️Shunday qilib, yurtimizda ayni paytgacha 7 082 nafar (+22)  koronavirus infeksiyasiga chalingan ( 62 foiz) fuqarolar sog`aygan.  

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 4 316 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1