Ayni paytda Qashqadaryo viloyat maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishi boshlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi Axborot xizmati.
Yig`ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi - Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha viloyat maxsus komissiyasining raisi Z.Mirzaevning viloyat aholisiga murojaati ham o`qib eshittirilmoqda.
Viloyat rahbarining ma`lum qilishicha, kasbi shifokor bo`lgan fuqarom karantin talablariga rioya etmagan holda joriy yilning 24 iyun kuni qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirishga sabab bo`ldi.






