1

Rossiyaliklarning o`zbekistonlik migrantlar haqidagi fikrlari o`zgarmoqda

Jamiyat 09.07.2020, 18:45
Rossiyaliklarning o`zbekistonlik migrantlar haqidagi fikrlari o`zgarmoqda

Pandemiya paytida Rossiyada ishsiz qolgan mehnat migrantlari tomonidan pul topish maqsadida jinoyat sodir etish holatlari ko`payishi bashorat qilingan edi. Ammo Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, bu davrda migrantlar o`rtasida jinoyatchilik pasaygan. Aksincha, mehnat migrantlari inqiroz sharoitida hatto mahalliy aholiga nisbatan bir-birini ko`proq qo`llab-quvvatlashga harakat qilishgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot kotibi xabar qilmoqda.

Rossiya Federasiyasi prezidenti huzuridagi Xalq xo`jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi oylarda migrantlarning 40 foizi, mahalliy aholining esa 20 foizi ishsiz qolgan.

Mahalliy aholi yakkalanib qolgan, migrantlar esa vatandoshlarini qidirib, ularga yordam berishni boshlagan. Bu holat migrantlar to`g`risidagi tasavvurlarni butunlay o`zgartirdi, deya ta`kidlagan Xalq xo`jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi katta ilmiy xodimi Evgeniy Varshaver.  

“Migrantlar yanada hamjihatlashdi, koronavirusga va hukumat tomonidan taklif qilingan choralarga mas`uliyatliroq bo`lishdi. Shunday qiyin sharoitda tashkillashtirilgan holda bir-biriga yordam berishdi. Masalan, O`zbekistonda chet eldagi vatandoshlar uchun pul yig`adigan maxsus jamg`armalar tashkil etildi va elchixona orqali ushbu pullar etkazib berildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari shu erda tarqatildi. O`ylaymanki, hozir hammasi asta-sekin o`z iziga qaytmoqda”, – deydi Evgeniy Varshaver

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1