1

Bu yil OTMlarda darslar onlayn bo`ladimi? Vazir aniqlik kiritdi

Jamiyat 09.07.2020, 19:41
Bu yil OTMlarda darslar onlayn bo`ladimi? Vazir aniqlik kiritdi

Avval xabar qilganimizdek, AOKA shtabida 2020-2021 o`quv yiliga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi. 

Unda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Majidovning ma`lum qilishicha, bu yil OTMlarga hujjat topshirish, ro`yxatdan o`tish muddatlari o`zgarmaydi. Belgilangan muddatlargacha davom etadi.  

Shuningdek, aniqlik kiritilishicha:

* Sirtqi ta`lim 100% masofaviy ta`lim shakliga o`tadi.

* Kechki ta`lim shakli bo`yicha ishlarni rejalashtirganmiz, qanday vaziyat bo`lishidan qat`iy nazar, 50% masofaviyga o`tadi.

* Kunduzgi ta`lim borasida qanday yo`l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1