1

10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilayotganiga izoh berildi

Jamiyat 09.07.2020, 20:09
10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilayotganiga izoh berildi

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilayotganiga Respublika maxsus komissiyasi izoh berdi.

Masalalar:

1. 2020 yilning 10 iyuliga kelib, O`zbekistonning sog`liqni saqlash tizimi katta bosimga duch keldi. Mavjud sog`liqni saqlash muassasalari quvvati yangi COVID-19 ga chalingan bemorlarni qabul qilish uchun etarli emas.

2. Ayni vaziyatda O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimi uchun COVID-19 bilan zararlanganlar sonini qisqartirish hamda kasallanish zanjirini hech bo`lmaganda bir oyga uzish va tizimni qayta tiklash hayotiy zaruriyatdir.

3. Qat`iy karantin choralarini qo`llamaslik — koronavirusga chalinganlarni stasionar davolash uchun kasalxonalarda joy qolmasligi va ular bilan ishlash uchun shifokor va tibbiy xodimlarni etishmasligiga olib keladi.

4. Boshqa kasalliklardan sodir bo`ladigan ehtimoliy o`lim holatlarini hisoblashning imkoni bo`lmaydi, sababi barcha tibbiyot xodimlari va yotoq o`rinlari COVID-19 bemorlari bilan band bo`ladi.

5. COVID-19 bilan kasallangan shifokorlar soni ko`paymoqda. Ko`pchilik karantinda bo`lgani sababli xodimlar etishmovchiligi yuzaga kelgan. Shifokorlar va tibbiyot xodimlariga bo`lgan psixologik bosim eng yuqori nuqtaga etdi.

6. Rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallanish holatlarini qayd etmoqda. Haqiqiy holat boshqa mamlakatlardagi kabi bir necha barobar farqli bo`lishi mumkin. Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilishmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olishning imkoni yo`q.

Echim:

1. Tibbiyot muassasalarining faoliyatini engillashtirish uchun bemorlarni uyda davolash va karantinni uyda o`tkazish bo`yicha bayonnoma qabul qilindi.

2. Karantin markaziga qo`proq fuqarolarni qabul qilish va ularning karantinda bo`lish muddatini kamaytirish imkonini beruvchi yangi qisqa muddatli karantinda saqlash protokoli qabul qilindi.

3. 20 kunlik tanaffus — sog`liqni saqlash muassasalari, shifokorlar va tibbiyot xodimlariga bo`lgan bosimni yumshatish va avgust oyida mamlakat iqtisodiyotini tiklashda davom etish uchun zarur.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1