Koreya Respublikasiga ishlash uchun borgan O`zbekiston fuqarolaridan birida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Tashqi migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha Koreya Respublikasining Kvangyang shahrida 34 yoshli O`zbekiston fuqarosida yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati aniqlangan.
2018 yildan buyon Kvangyang shahridagi «Doowon Corporation» korxonasida ishlab kelgan hamyurtimiz mehnat ta`tili vaqtida O`zbekistonga kelib, joriy yilning 6 iyul kuni charter reys orqali Koreya Respublikasiga uchib ketgan edi.
Joriy yilning 7 iyul kuni Inchxon xalqaro aeroportiga uchib borgan hamyurtimiz test topshirish uchun aeroportdan tibbiyot markaziga, shundan so`ng o`zini o`zi izolyasiya qilish manziliga borgan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi va Kvangyang shahrining Sog`liqni saqlash boshqarmasi nazoratida bo`lgan O`zbekiston fuqarosi shifoxonaga yotqizilgan. Davolanishning taxminiy davri 10-14 kunni tashkil etadi.






