Ayni vaqtda yana 227 nafar bemor koronavirusni engdi

Jamiyat 09.07.2020, 22:48
Ayni vaqtda yana 227 nafar bemor koronavirusni engdi

Bundan avval poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar bergan edik.

Shu soatlarda esa poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qilmoqda.

Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig` bo`lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida – 298 nafarga, Buxoro viloyatidi – 518 nafarga etdi.

Hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 7 287 nafarni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1