1

Ayni paytda 6 ta hududdan yana 117 nafar bemor aniqlandi

Jamiyat 09.07.2020, 23:41
Ayni paytda 6 ta hududdan yana 117 nafar bemor aniqlandi

2020 yil 9 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11564 (+117) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV.

 Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 42 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 15 nafari Namangan viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarda, 2 nafari Farg`ona viloyatida, Surxondaryo va Buxoro viloyatida esa 1 nafardan aholi orasida aniqlangan.

 Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 203 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 227 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 7287 (+227) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 4226 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1