Bugun O`zbekistonda koronavirusning bemorlari va qurbonlari bo`yicha rekord yangilandi

Jamiyat 09.07.2020, 23:45
Bugun O`zbekistonda koronavirusning bemorlari va qurbonlari bo`yicha rekord yangilandi

Afsusi, shu yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda 472 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan, deya kunlik statistikani e`lon qildi SSV.  

 Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Buxoro viloyatida ham 2 nafar (shundan 1 nafari afg`onistonlik), Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 227 nafar fuqaro sog`aydi.  

 Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11564 nafar bemordan 7287 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

 Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og`ir, 10 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1