1

Kitob tumani kasb hunar kolleji direktor o`rinbosari qo`lga tushdi

Jamiyat 10.07.2020, 06:52
Kitob tumani kasb hunar kolleji direktor o`rinbosari qo`lga tushdi

Qashqadaryoda kollej direktori o`rinbosari firibgarlik bilan qo`lga tushdi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matubot xizmati  

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Kitob tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi kasb hunar kolleji direktori o`rinbosari O.E. fuqaro D.ning farzandi S.ning diplomini qayta yozib berish hamda ikkinchi farzandi N.ga ushbu kollejni tugatganligi haqida diplom yozib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 650 ming so`m talab qilib, shundan, 300 ming so`mni qo`lga kiritib, qolgan 350,0 ming so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan O.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1