1

Bir kechada O`zbekistonning 6 ta hududidan yana 159 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 10.07.2020, 10:01
Bir kechada O`zbekistonning 6 ta hududidan yana 159 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 10 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 723 (+159) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 29 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida hamda yana 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida, 17 nafari Navoiy viloyatida va 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 7 287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 384 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 42 nafari og`ir, 10 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1