GTAI: O`zbekiston Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishgan yagona mamlakat

Jamiyat 10.07.2020, 10:53
GTAI: O`zbekiston Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishgan yagona mamlakat

Germaniyalik jurnalistning GTAI (Germany Trade & Invest) tashkilotiga asoslanib xabar berishicha, Markaziy Osiyo mintaqasida hal qiluvchi mavqega ega O`zbekiston pandemiyaning iqtisodiyotga salib ta`sirini kamaytirish bo`yicha majmuaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqdi.

Germaniyaning “Industrielle Automation” internet nashri veb-sahifasida nashr muharriri Mari-Kristin Kryugerning “Koronavirus pandemiyasi davrida energetika siyosatidagi burilish” nomli maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Maqolada mamlakatimiz hukumati tomonidan pandemiya sharoitidagi inqiroz davrida olib borilayotgan energetika siyosati xususida so`z yuritilgan.

Muallif o`z maqolasida DENA – Germaniya energetika agentligining mamlakatlar o`rtasida tashkil etilgan “Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo davlatlarida shahar energetika infratuzilmasi” mavzusidagi muloqot maydoni haqida xabar berib, agentlikni ushbu mintaqalarda siyosiy va iqtisodiy sub`ektlar o`rtasida hamkorlikka ko`maklashayotganini ta`kidladi.

Germaniyalik jurnalistning GTAI (Germany Trade & Invest) tashkilotiga asoslanib xabar berishicha, Markaziy Osiyo mintaqasida hal qiluvchi mavqega ega O`zbekiston pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha majmuaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Karantin davrida tadbirkorlarga iqtisodiy engillik va imtiyozlar berilayotgani, hukumatning tashqi savdoni qo`llab-quvvatlayotgani shular jumlasidan.

“O`zbekiston iqtisodiyoti pandemiya boshlanmasidan oldin taxmin qilingan 5,5 foiz emas, hatto 1,8 foiz o`sishga erishsa ham, mazkur inqiroz sharoitida Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishgan yagona mamlakat bo`lib qolmoqda”, deya GTAI ma`lumotini keltiradi nemis jurnalisti.

“Energetika sohasini modernizasiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishga urg`u bergan holda, uning ko`lamini kengaytirish masalasi O`zbekiston hukumatining iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. Buning sababi oddiy: iqtisodiyotni qayta isloh qilish va barcha sohalarda rejalashtirilgan ko`plab investisiya loyihalarini amalga oshirish, o`z navbatida, elektr energiyasini ishlab chiqarishni jadal sur`atlarda oshirish, uzluksiz etkazib berish va taqsimlashni talab etadi. Joriy yilning may oyi boshida hukumat tomonidan sohada qabul qilingan yangi va uzoq muddatli rejalar elektr ishlab chiqarish quvvatini jadal kuchaytirish, ya`ni bugungi 12,9 ming megavatt o`rniga 2030 yilga borib 29,3 megavattga etkazib, sohada barqarorlikka erishishni ko`zda tutadi.»

Maqolada, shuningdek, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida energiya eksporti rivojlanishi borasida so`z boradi. Koronavirus inqirozining mintaqa energetika tizimiga burilish yasash yoki sohaga ta`siri bir xil emas. Bir tomondan qaraganda, ko`pgina holatlarda energiya eksportidan tushadigan daromadning pasayishi va sarf-xarajatlarning ko`paygani sababli mablag`lar kamayib ketmoqda. Boshqa jihatdan inqiroz energiya eksport qiluvchi davlatlar iqtisodiyoti bir tomonlama yo`naltirilishining salbiy oqibatlarini aniq ko`rsatib berdi”, deyiladi maqolada.

Ta`kidlanishicha, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yoqilg`iga qaraganda istiqbollidir. Markaziy Osiyo mintaqasida energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, O`zbekistonda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu kabilardan kelib chiqib, Germaniya energetika agentligi mintaqa mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1