1

Prezidentning ayrim hujjatlariga o`zgartirishlar kiritildi

Jamiyat 10.07.2020, 11:06
Prezidentning ayrim hujjatlariga o`zgartirishlar kiritildi

 Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning eksport-import hamda boshqa valyuta operasiyalari bo`yicha xorijiy valyutadagi mablag`lari harakati ustidan nazorat qiluvchi organlar qatoriga Hisob palatasi ham kiritildi. O`z navbatida, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu organlar qatoridan chiqarildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda. 

Shuningdek, xorijiy olim, o`qituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq to`lash ularning xohishiga ko`ra milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o`tkazgan holda chet el valyutasida amalga oshiriladi.

Ilgari ularning mehnatiga haq to`lash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertasiya qilinadigan valyutada amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF–5177-son Farmoniga jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablag`larni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Ilgari O`zbekistonning rezidenti bo`lgan jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklarining konversion bo`limlarida sotib olingan mablag`larni xalqaro to`lov kartalariga o`tkazishi orqali sotib olishi va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatishi mumkin edi.

 Farmon bilan kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, qator vazirlik va idoralarga malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijiy hisobvaraqlariga o`tkazgan holda chet el valyutasida amalga oshirish huquqi berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1