Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilarga xizmat ko`rsatishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va tezkor servis xizmatlari ko`rsatish maqsadida “Maslahat markazi” tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xabar bermoqda.
"Soliq to`lovchilar bilan elektron muloqotni kengaytirish orqali vaqtni tejash hamda ulardan kelib tushayotgan murojaatlarni to`liq qamrab olish maqsadida maxsus telegram kanali ochildi. Ushbu kanal orqali soliq to`lovchilar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining malakali mutaxassislariga 7/24 rejimida to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilib, tezkor ravishda javob olishmoqda" deyiladi xabarda.
Shuningdek xabarda, quyidagi ma`lumotlar ma`lum qilingan:
Joriy yilning 30 iyunidan 8 iyuliga qadar poytaxtimizda ro`yxatdan o`tgan qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlardan jami 8113 ta murojaat kelib tushdi.
“Maslahat markazi”ga o`rnatilgan telefon raqamlari orqali 2921 ta murojaat qabul qilindi. Jumladan:
– Qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha – 1035 ta;
– Kameral nazorat bo`yicha – 826 ta;
– Soliq qarzi bo`yicha – 348 ta;
– Tushumlar to`g`risida ma`lumotnoma (spravka) va shaxsiy hisobvaraqdagi masalalar bo`yicha – 331 ta;
– Yuridik shaxslarga soliq solish bo`yicha – 254 ta;
– Soliq solish bo`yicha maslahat yo`nalishi bo`yicha – 127 ta.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining telegram kanali orqali soliq to`lovchilar tomonidan jami 5192 ta murojaat yo`llandi. Murojaatlarning 2698 tasi aynan qo`shilgan qiymat solig`i bilan bog`liq masalalardan iborat bo`ldi.
Bundan tashqari:
– Soliq ma`murchiligi bo`yicha – 1245 ta;
– Soliq qarzi bo`yicha – 819 ta;
– Tushumlar to`g`risida ma`lumotnoma (spravka) va shaxsiy hisobvaraqdagi masalalar bo`yicha – 417 ta;
– Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi faoliyatiga oid boshqa tashkiliy masalalar bo`yicha – 13 ta murojaat qabul qilinib, barchasi nazoratga olindi. Ularga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda javob qaytarildi.
Eslatib o`tamiz, poytaxtimizda ro`yxatdan o`tgan qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida tashkil etilgan “Maslahat markazi”ning quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib barcha savollariga javob olishi mumkin.
Tushumlar to`g`risida ma`lumotnoma va shaxsiy hisobvaraq bilan bog`liq masalalar bo`yicha: – 71-241-83-12
Soliq ma`murchiligi bo`yicha (Kameral tekshiruv va qayta hisobotlarning topshirilishi): – 78-140-32-63; 78-140-32-13; 78-140-32-23; 78-140-32-46; 71-244-57-08.
Yuridik shaxslarga soliq solish bo`yicha:
– 78-140-32-31 (umumiy savollar);
– 78-140-32-68 (QQS va foyda solig`i bo`yicha hisobotlar);
– 78-140-32-92 (JShDS (podoxod) va ShJBPT);
– 71-241-84-27 (Resurs soliqlari);
– 71-244-56-90 (4 va 8 forma).
Soliq qarzi masalalari bo`yicha: – 78-140-32-60
Soliq solish bo`yicha maslahat: – 78-140-32-30, 71-241-83-65
Shuningdek, qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilarga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining telegram kanali orqali quyidagi yo`nalishlarda sifatli va yuqori malakali servis xizmatlari ko`rsatiladi.
QQS hisobotlari bo`yicha:
Vaxapov Zafar👉 @Zafar_Toshkent_QQS
Umarov Anvar 👉 @Anvar_DSB_QQS
Soliq ma`murchiligi bo`yicha:
Saidxonov Nodir 👉 @Nodir_Toshkent_DSB_Kameral
Alimardonov G`ayrat 👉 @GayratAlimardonov
Soliq qarzi masalalari bo`yicha:
Hasanov Botir 👉 @Botir625
Tushumlar to`g`risida ma`lumotnoma va shaxsiy hisobvaraq bilan bog`liq masalalar bo`yicha:
Mirpo`latov Jaxongir 👉 @jahongir3366
Uteev Jamshid 👉 @jam_1977
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi faoliyatiga oid boshqa tashkiliy masalalar bo`yicha:
Asatullaev Dilshod (boshqarma boshlig`i yordamchisi)👉@asatullayevd
Toshkent shahar DSB👉@Toshkent_sh_DSBga murojaat qilish mumkin.
Telegram bot orqali yo`llangan murojaatlar 7/24 rejimida qabul qilinadi va 1 kun muddatda javob qaytariladi.






