1

Moliya vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 10.07.2020, 12:33
Moliya vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

O`zbekiston Prezidentining 9 iyuldagi qaroriga asosan Jamshid Abruev Moliya vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Jamshid Abruev Sog`liqni saqlash vaziriga o`rinbosarlikka o`tgan Shohrux Shorahmetov o`rnini egallagan.

1979 yilda tug`ilgan Jamshid Abruev 1999 yilda Samarqand qishloq xo`jaligi institutini, 2004 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlarini tamomlagan. 2004—2012 yillar davomida Samarqand viloyat hokimligining Moliya boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi, etakchi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, bo`lim boshlig`i muovini lavozimlarini egallagan. Keyinchalik Toshkent viloyat hokimligi bo`limlarining birida bosh hisobchi-eksperti sifatida ishlagan.

2017 yilda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshliq o`rinbosari, 2017—2018 yillarda vazirlik Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari va birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar 2019 yil fevralidan buyon Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1