1

Sotib olingan chiptalar qaytarib olinadi — Transport vazirligi

Jamiyat 10.07.2020, 12:46
Sotib olingan chiptalar qaytarib  olinadi — Transport vazirligi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro`z Ashurmatov ishtirokida karantin cheklovlari bo`yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifing bo`lib o`tdi. Unda ma`lum qilinishicha,  2020 yil 10 iyulidan 1 avgustga qadar bo`lgan muddatda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ da 5900 ta chipta sotilgan.

️Karantin choralari kuchaytirilib, poezdlar qatnovi to`xtatilgani sababli yo`lovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi.

 "Uzbekistan airways" AJ tomonidan "Toshkent-Nukus", "Toshkent-Urganch", "Toshkent-Termiz" yo`nalishlarida 13 iyuldan 1 avgustga qadar bo`lgan muddatga 332 ta aviachipta sotilgan.

️Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashib aviaqatnovlar tiklanganda, yo`lovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.

️Toshkent shahridagi avtobuslarda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yo`l chiptalari "Toshshahartrans" AJning oylik yo`l chiptalari va jetonlar sotish bo`limi tomonidan  joriy yilning 1 avgustidan 10 avgustigacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablag`lari qaytariladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1