1

13 iyuldan avia va temir yo`l qatnovlari to`xtatiladi

Jamiyat 10.07.2020, 13:04
13 iyuldan avia va temir yo`l qatnovlari  to`xtatiladi

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar Respublika miqyosida karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilganligi bois, joriy yilning 13 iyulidan boshlab, 1 avgustiga qadar mahalliy yo`nalishlarda harakatlanayotgan barcha yo`lovchi poezdlar qatnovi to`xtatiladi.  Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ xabar bermoqda 

"Ushbu davrga oldindan xarid qilingan chiptalarning pullari o`z egalariga to`liq qaytarib beriladi. Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin" deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Uzbekistan Airways 2020- yil 13-iyuldan 1-avgustgacha barcha ichki qatnovlarning bekor qilinishini e`lon qilmoqda. 
"Ushbu majburiy choralar aholi orasida COVID19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin cheklovlari va jamoat transportida harakatlanishni taqiqlash natijasidir. Aviakompaniya vaziyatni to`g`ri tushunishingizni so`raydi, shuningdek bekor qilingan qatnolarga olingan chiptalarni qatnovlar tiklanganidan keyingi istalgan sanaga qayta bronlash imkoniyati haqida yana bir bor xabardor qiladi. Keyingi o`zgarishlar to`g`risida sizga xabar beramiz" deyiladi kompaniya xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1