Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi raisi Nukusdagi dezinfeksiya ishlarida ishtirok etdi

Jamiyat 10.07.2020, 14:23
Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi raisi Nukusdagi dezinfeksiya ishlarida ishtirok etdi

Mamlakatimiz bo`ylab COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish, virus tarqalish ko`lamini kamaytirish maqsadida Qurolli Kuchlar tuzilmalari bilan hamkorlikda dezinfeksiya bo`yicha maxsus taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkazilishi davom etmoqda. Bu haqda Darakchi.uz ga Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar va Milliy gvardiya boshqarmasi hamda sanitar-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida navbatdagi o`quv mashg`uloti o`tkazildi. 

Mashg`ulotda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariev va mas`ul idoralar vakillari qatnashdi. Dezinfeksiyalovchi otryadlar bir kun davomida dehqon bozorlari, savdo majmualari hamda 22-kichik tuman, jami aholi soni 10 mingdan oshiq bo`lgan Derbent, Temir yo`l va Bereket mahallalarida mavjud bo`lgan 90 ta qo`p qavatli uylarning tashqi qismida “ko`rinmas dushman” bilan kurash olib bordi. Bir kunda jami 130 ming kvadrat metr maydonga 23,5 ming litr dezinfeksiya eritmasi sepildi.

Aholi salomatligini saqlash, ularga Koronavirus infeksiyasidan ogoh va hushyor bo`lishga da`vat etuvchi eshittirishlar namoyish etildi. Buning uchun harbiy texnikalarga o`rnatilgan ovoz kuchaytiruvchi vositalardan keng foydalanildi. Maxsus taktik vazifani bajarish uchun 10 dan ziyod maxsus texnikalar hamda boshqa qurilmalar jalb etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1