AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan surxondaryolik 67 yoshli erkak vafot etdi

'Koronavirusga chalingan surxondaryolik 67 yoshli erkak vafot etdi'ning rasmi

SSVning xabar berishicha, koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi 67 yoshli R.A. (erkak kishi) joriy yil 3 iyul kuni o`zini yomon his qilgan, nafas yo`llarida yallig`lanish bo`lgan. 4 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasiga gumon, miokard infarkti, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi tashxisi qo`yilgan. Shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, o`tkir yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, miokard infarkti, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar