AsosiyJamiyat

Tashkilotlarga infeksiya kirib kelishiga yo`l qo`ymaslik uchun eng muhim tavsiyalar e`lon qilindi

'Tashkilotlarga infeksiya kirib kelishiga yo`l qo`ymaslik uchun eng muhim tavsiyalar e`lon qilindi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yo`l qo`ymaslik uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

* xodimlarni ishxonaga olib kelish uchun avtobus, mikroavtobuslar va engil avtomashinalardan foydalanish;

* Ishchi xodimlar transport vositasiga chiqqanida yuz niqoblari almashtirilib, tushayotganda yana yangisi berish lozim;

* Ishchi-xodimlar tushirilgandan so`ng transport ichi dezinfeksiya qilinib 0,5 soatga yopib qo`yiladi.

 

*  har kuni ishxonaga kiritishdan oldin tana haroratini kontaktsiz pirometr yoki shu kabilar yordamida o`lchash, tana harorati ko`tarilganligi va/yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon bo`lib turgan ishchilarni ishga qo`ymaslik;

* ishchining salomatligi holatini tekshirish, uning muloqotdagilari to`g`risida ma`lumot to`plash, uning boshqa bemorlar yoki epidemiologik noxush hududlardan (mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaxslar bilan muloqotda bo`lganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaxs belgilash;

* ishxonaga kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, namli salfetkalar va shu kabilar) o`rnatish.  

* Shuningdek piyodalar uchun “dezto`shama”lar, transportlar uchun “dezto`siq”lar tashkil etish;

* tashkilotga chetdan shaxslarni kirishiga yo`l qo`ymaslik;

* tashkilotga kirish/chiqish qismida odamlarni to`planib qolishiga yo`l qo`ymaslik;

* kurerlik xizmatini, korrospendentlik xujjatlarini qabul qilishni kontaktsiz amalga oshirilishiga qaratilgan uslublarni joriy etish.

Bu haqida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar