Koronavirusning engil alomatlari bilan kasallanib, uyda davolanayotganlar qanday nazoratga olinishi ma`lum qilindi

Jamiyat 10.07.2020, 18:04
Koronavirusning engil alomatlari bilan kasallanib, uyda davolanayotganlar qanday nazoratga olinishi ma`lum qilindi

Koronavirusga chalingan, lekin kasallikning alomatlari bo`lmagan bemorlar, yangi qoidalarga muvofiq, uy sharoitida kuzatuvda bo`ladi. Bu toifadagi bemorlar qanday dori vositalarini qabul qilishi lozim?  Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi. 

Simptomsiz, ya`ni kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarga haqiqatdan ham uy sharoitida kuzatuvda bo`lishga ruxsat berildi.

 Kuzatuvni oilaviy poliklinikadan umumiy amaliyot shifokori olib borishi shart!

Har kuni telefon orqali bemor bilan bog`lanib, uning ahvolidan, tana harorati va boshqa shikoyatlari bor-yo`qligidan xabardor bo`lishi kerak.

Shuningdek:

Uyda kuzatuvda bo`lgan bemorlar oila a`zolaridan yakkalanishi lozim;

jismoniy faollikk, gigiena talablarini barchasini vaqtida bajarish, xonani tez-tez shamollatib turishi lozim;

 idish-tovoqlari bir marotaba ishlatiladigan yoki o`zi uchun individual bo`lishi kerak;

dori vositalaridan faqat qonni suyultiruvchi va imunitetni ko`taruvchi dori vositalarini profilaktik ravishda qabul qilishi mumkin;

agar kuzatuv davrida qandaydir shikoyatlar paydo bo`lsa: yo`talish, tomoq qirilishi, ta`m yoki hid sezishning buzilishi, tana harorati ko`tarilsa, zudlik bilan oila shifokoriga yoki 103 raqamiga qo`ng`irok qilib shifoxonaga o`tkazilishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1