1

Toshkentda yomg`ir va kuchli shamol bo`lishi mumkinligi e`lon qilindi

Jamiyat 10.07.2020, 19:03
Toshkentda yomg`ir va kuchli shamol bo`lishi mumkinligi e`lon qilindi

“Gidrometeorologiya xizmati markazi”ning ma`lumotiga ko`ra, 10 va 11 iyun kunlari poytaxtda shamol, qisqa muddatli yomg`ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha etishi mumkin.  Shunga ko`ra Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirmoqda:

"Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o`rnatilmagan konstruksiyalarni o`rnidan qo`zg`atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast etishi mumkin.  

Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko`chada harakatlanmasliklarini,  avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo`lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo`yishlarini so`raymiz.  

O`zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan  asrang", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1