1

Afg`onistonlik ayollar O`zbekistonda qishloq xo`jaligini o`rganishadi

Jamiyat 10.07.2020, 23:41
Afg`onistonlik ayollar O`zbekistonda qishloq xo`jaligini o`rganishadi

Afg`onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazida qishloq xo`jaligi bo`yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg`onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog`iston va O`zbekiston universitetlarida o`qishi ko`zda tutilgan.

Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi va BMTning Taraqqiyot dasturi afg`on ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan chegaralararo tashabbus doirasida ular O`zbekistonda ta`lim grantlari asosida tahsil oladilar. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatdagi vakolatxonasi xabar berdi.

Ma`lumotga ko`ra, loyihaning maqsadi — o`z yurtlarida ta`lim va ish bilan ta`minlashda erkaklarga qaraganda nomutanosib to`siqlarga duch kelayotgan afg`on ayollari uchun ta`lim olish imkoniyatlarini taqdim qilishdan iborat.

Umuman, Afg`onistondan kelgan 50 nafar ayol Qozog`iston va O`zbekiston universitetlarida o`qishi va bitirishi ko`zda tutilgan. Loyiha doirasida, 2019 yil oktyabr oyida Afg`onistonlik ayollarning birinchi guruhi statistika, qishloq xo`jaligi va tog`-kon sohalarida ta`lim safarlarini boshlash uchun Qozog`istonga tashrif buyurdi. Bu yil esa yana 20 nafar talabaga ta`lim granti beriladi. Ular O`zbekistonda qishloq xo`jaligini, Qozog`istonda esa konchilikni o`rganadilar. Ixtisoslashgan ta`lim olishdan oldin talabalar til kurslarini o`tashlari kerak bo`ladi.

Afg`onistonlik ayollar O`zbekistonda qishloq xo`jaligini o`rganadilar va o`qishni tugatgandan so`ng ularga texnik va kasbiy ta`lim to`g`risidagi guvohnomalar topshiriladi. Afg`onistonlik yosh ayollar Termiz tumanidagi Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazida, Toshkent davlat agrar universiteti ko`magi ostida, o`qiydilar.

Evropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 2 million evro miqdorida grant ajratdi, loyihani BMTTD 2025 yilgacha amalga oshirilishini ta`minlaydi.

«Ayollar o`z milliy iqtisodiyotiyotlari o`sishiga asosiy hissa qo`shuvchilardir. Shunga qaramay, ular ta`lim olish, munosib mehnat va teng maosh olish imkoniyatiga ega bo`lish yo`lida ko`pincha ijtimoiy to`siqlarga duch kelishadi. Malakalari ortishi bilan ayollar xususiy yoki davlat sektorida yuqori darajadagi ish joylariga ega bo`lishlari kutilmoqda, bu ularga o`z mamlakatlari rivojiga samarali hissa qo`shishga imkon beradi» — deydi Eduards Stiprais, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi elchisi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1