AsosiyJamiyat

54-o`lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 69 yoshli bemor vafot etdi

'54-o`lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 69 yoshli bemor vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 69 yoshli V.M. joriy yil 8 iyul kuni Toshkent viloyati shifoxonasidan o`ta og`ir ahvolda Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o`tkazilgan.

Unga “COVID-19” og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas va o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi, miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, miokard infarkti, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.   
 

    Boshqa yangiliklar