AsosiyDunyo

Hilton mehmonxonalari xalqaro tarmog`i xakerlar hujumiga uchradi

Hilton Worldwide korporasiyasiga tegishli bo`lgan yirik mehmonxonalar tarmog`i xakerlar hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, xakerlarning maqsadi mijozlar kartasi ma`lumotlarini qo`lga kiritish bo`lgan.   

"Hilton Worldwide ayrim savdo punktlaridagi kartalar bo`yicha to`lov haqidagi ma`lumotlarni olishga qaratilgan zararli dasturlarni bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirdi”- deyiladi xabarda.

Shuningdek, mehmonxona ma`muriyati 2014 yilning 18 noyabridan 5 dekabrigacha, 2015 yilning 21 aprelidan 27 iyuligacha bo`lgan davr oralig`ida mexmonxona xizmatlari uchun to`lovni amalga oshirgan mijozlardan to`lov cheklarini qayta tekshirib ko`rishni so`radi.

Hilton Worldwide tarkibida  mingdan ortiq mehmonxonalar kiradi.  

    Boshqa yangiliklar