SSV xabariga ko`ra 2020 yil 10 iyul soat 23:30 holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12027 (+170) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 24 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 24 nafari Namangan viloyatida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 16 nafar Qoraqalpog`iston Respublikasida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 6 nafari Jizzax viloyatida hamda 1 nafari Farg`ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 166 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 16 nafar, Navoiy viloyatida 11 nafar, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 6 nafardan, jami 243 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib yurtimizda 7530 (+243) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (62 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4443 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.