“O`zkimyosanoat” AJning 12 ta aktivi auksion savdolariga qo`yiladi

Jamiyat 11.07.2020, 05:00
“O`zkimyosanoat” AJning 12 ta aktivi auksion savdolariga qo`yiladi

O`zkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning aktivlaridan samarali foydalanish hamda moliyaviy holatini sog`lomlashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori  qabul qilindi.

Qaror bilan “O`zkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli bo`lgan bo`sh turgan, foydalanilmayotgan va tarmoqning asosiy faoliyat turiga bog`liq bo`lmagan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida:  

* ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (ko`chmas mulk ob`ektlari) ro`yxati;  

* davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlarning ro`yxati tasdiqlandi.

Unga ko`ra, ommaviy savdolarda sotiladigan 12 ta, davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida beriladigan 3 ta aktiv belgilandi.

 Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar “E-IJRO AUKSION”da boshlang`ich narxi ularning balans va (yoki) nominal qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng bo`lgan taqdirda, shartli “1 so`m” etib belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans  qiymatida beriladigan aktivlar bo`yicha har qanday harajatlarning kimyo korxonalari tomonidan amalga oshirilishi man etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1