1

Koronavirus bilan kasallangan odamni qachon sog`lom deb hisoblash mumkin?

Jamiyat 11.07.2020, 06:26
Koronavirus bilan kasallangan odamni qachon sog`lom deb hisoblash mumkin?

Bir necha oylik pandemiyadan so`ng, ilmiy jamoatchilikning COVID -19 ga bo`lgan qarashlari tez o`zgarmoqda.

Dastlabki tashxis qo`ygandan keyin bir necha oy o`tgach, bemorlarning koronavirus uchun testlari musbat bo`lsa yoki alomatlari kuzatilsa, ularda COVID-19 kasalligini yana bir bor yuqtirish xavotiri davom etmoqda, deb yozgan The Wall Street Journal.

Olimlarning fikricha, COVID-19 kasalligiga uchragan odamlar uni keltirib chiqaradigan virusga qarshi immunitetga ega bo`lishadi. Ular bu himoya qancha davom etishini bilmaydilar - bir necha oy, bir necha yil yoki butun hayoti davomida.

Immunitetning davomiyligi qo`zg`atuvchiga bog`liq, viruslar gripp virusi kabi shunchalik tez mutasiyaga uchrashi mumkinki, qayta infeksiyalashda himoya antitanachalari ularni tan olmaydi.

Yangi koronavirus gripp virusiga qaraganda sekinroq mutasiyaga uchraydi. Bu olimlarga tabiiy immunitet yoki vaksina uzoq muddat kasallikdan himoya qilishga umid beradi. Olimlarning fikriga ko`ra, agar odam yana kasal bo`lib qolsa, ikkinchi infeksiya engilroq shaklda paydo bo`lishi mumkin. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari odamlarda antijismlar infeksiyadan keyin bir yoki uch hafta ichida paydo bo`lishini ta`kidlashadi. Xitoyda 34 bemor ishtirok etgan tadqiqot shuni ko`rsatdiki, 80 yoshga kirgan ikkita bemor organizmi simptomlar boshlanganidan keyin 3 kun ichida antitanachalar ishlab chiqqan. Qolganlarida alomatlar boshlanganidan 2 hafta o`tgach hosil bo`lgan.

Xitoy tadqiqotchilarining ma`lum qilishicha, ular 6 ta maymunga kasallik yuqtirib, ularning tuzalishiga imkon berishgan. So`ng, birinchi infeksiyadan 28 kun o`tgach, ularning 4 tasi qayta zararlangan. Ularning hech biri qayta kasal bo`lmadi, bu immunitet tizimi ularni ikkinchi infeksiyadan himoya qilganligini anglatadi.

Janubiy Koreyada, koronavirus testi taxminan 450 kishida tuzalgandan so`ng ham musbat ko`rsatgan. Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi ushbu odamlarning yarmidan ko`pini qayta ko`rikdan o`tkazdi va viruslarning jonli aylanishiga oid biron bir dalil topmadi.
Tadqiqotga ko`ra, odamda hech qanday alomatlar kuzatilmasa ham virus parchalari saqlanib qolishi mumkin. Bu odamlar hali ham kasal yoki kasallik yuqtiradi degani emas.

Klinik shifokorlar kasallikdan tiklanish nimani anglatishi haqida turlicha qarashlarga ega, chunki uzoq muddatli ma`lumotlar yo`q.

Tavsiyalar dunyo bo`ylab har xil. Masalan, AQShda kasallangan odamlar yangi koronavirus uchun topshirgan testi ikki marta manfiy natija ko`rsatgan bo`lsa, tuzalib ketgan deb hisoblanadi. AQSh oziq-ovqat va dori-darmon sifatini sanitariya nazorati boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan sinovlar odamlarda kamida 24 soat davomida o`tkaziladi.

Yoki bemorlarda ketma-ket 3 kun davomida isitma yo`qligi va boshqa alomatlar yaxshilanishi, shu jumladan yo`talish va nafas qisilishi kamayishi kerak. Simptomlar birinchi paydo bo`lgan paytdan boshlab kamida 10 kun o`tishi kerak.

Ammo virusga qarshi topshirgan testi manfiy chiqqan ayrim bemorlar ba`zi alomatlar, masalan, ta`m va hid yo`qolishi yana bir necha oy davom etishi mumkinligini aytishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1