1

Facebook’da foydalanuvchilarni avtorizasiya qilish va ijtimoiy tarmoqqa kirishda global uzilishlar kuzatilmoqda

Jamiyat 11.07.2020, 09:22
Facebook’da foydalanuvchilarni avtorizasiya qilish va ijtimoiy tarmoqqa kirishda global uzilishlar kuzatilmoqda

2020 yil 10 iyul kuni Facebook ishlashida katta uzilish sodir bo`ldi. "O`zkomnazorat" axborot xizmati xabariga ko`ra, bu haqda turli OAV va dastur ishlab chiquvchilar xabar qilgan.

Mutaxassislarning fikricha tarmoq ilovasida ommaviy ravishda kuzatilgan uzilishga Facebook (Facebook SDK) jamlanmasini ishlab chiqish bilan bog`liq muammo sabab bo`lishi mumkin. The Verge nashrining yozishicha ko`plab ilovalar foydalanuvchilarni avtorizasiya qilishda Facebook akkauntlaridan foydalanadi.  

10 iyul tongida kompaniya dastur ishlab chiquvchilar platformasida muammodan boxabarligi va iOS foydalanuvchilari duch kelgan texnik xatolarni bartaraf qilish ustida ish olib borayotganini ma`lum qilgan.  

iOS foydalanuvchilari Facebook SDK bilan integrasiyalashgan Spotify, Pinterest, TikTok va boshqa ko`plab ilovalariga kirishning iloji bo`lmayotganidan shikoyat qilgan.  Dasturlar Internet tarmog`i (4G yoki WiFi) faollashgan vaqtda ishlamay qolgan, biroq smartfon “Parvoz” rejimiga o`tkazilgan vaqtda ular yana avvalgidek ishlay boshlagan.  

Bundan tashqari shunga o`xshash avtorizasiya yoki ilovaga kirish bilan bog`liq muammolar Android hamda Windows tizimlarida ham kuzatilgan.

Toshkent vaqti bilan 18:30 holatiga ko`ra, muammo hali to`liq bartaraf qilinmagan va kompaniya dastur ishlab chiquvchilari rasmiy manbasi bu boradagi ishlar davom etayotganini xabar qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1