AsosiyJamiyat

Uy sharoitida davolanib yurgan poytaxtlik bemor ayol o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi

'Uy sharoitida davolanib yurgan poytaxtlik bemor ayol o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 50 yoshli R.Yu. (ayol) joriy yil 3 iyuldan 9 iyulgacha uy sharoitida davolanib yurgan. Nafas etishmovchiligi belgilari kuchaygach, 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

 Unga “COVID-19” infeksiyasi og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, ilk aniqlangan qandli diabet hamroh kasalliklari bilan ham og`rigan.  

9 iyul kuni bemorning ahvoli og`irlashib, nafas etishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli sun`iy nafas olish apparatiga ulangan.

 Bemor bir yildan buyon onkologik kasallik bilan og`rib kelgan.Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

 Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar